BBS — Bilimlarni Baholash Sinovi

BBS — Bilimlarni Baholash Sinovi

Har oy barcha o'quvchilar bir xil formatdagi testni topshiradi. Natija — reyting, tahlil, mukofot va keyingi oy uchun aniq reja.

Keyingi BBS test

Noyabr oyining oxirgi yakshanbasi

08:00 · 10:00

BBS testga ro'yxatdan o'tish

Qanday o'tadi

  1. 1

    E’lon

    Test jadvali (smena, xona) 3–7 ish kun oldin e’lonlar taxtasiga ilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish testdan bir kun oldin yopiladi.

  2. 2

    Test kuni

    Oxirgi yakshanba, 2 smena: 08:00 va 10:00. 60 savol, 3 blok. Ruchka, suv va choynakvoy beriladi.

  3. 3

    Natija va apellyatsiya

    Natijalar 1–7 ish kunida sinflar kesimida reyting bo‘lib chiqadi. 3 kun apellyatsiya, so‘ng yakuniy natija ijtimoiy tarmoqlarda.

  4. 4

    Tahlil va taqdirlash

    Fan ustozi har guruhda xatolarni tahlil qiladi. G‘oliblar keyingi BBS kuni 09:00 da taqdirlanadi.

Ballar tizimi

Har blokda 20 ta savol. Jami 60 savol, maksimal 126 ball. Natijalar 1–4, 5–7 va 8–11-sinflar kesimida alohida reytinglanadi.

1-blok

3.1

ball / savol

2-blok

2.1

ball / savol

3-blok

1.1

ball / savol

60 × … = maksimal126

Testlar DTM formatida, ustoz Bahodirjon Sodiqov tomonidan tuziladi va har oy yangilanadi.

Qoidalar

  • Zumrad Academy o‘quvchilari uchun qatnashish majburiy
  • Sababsiz kelmagan o‘quvchi — 0 natija va 100 000 so‘m jarima
  • Ichki testni 100% ishlaganlar BBS da bepul qatnashadi
  • Tashqi o‘quvchilar ham ro‘yxatdan o‘tib qatnasha oladi
  • BBS ishtirokchilari Zumrad Futbol Ligasida bepul o‘ynaydi (15:00, Gnomik stadion)
  • TOP-5 ga maxsus bonuslar (futbolka, Zumrad pullari)

Mukofotlar

  • 1-o‘rin200 000 so‘m chegirma + diplom
  • 2-o‘rin100 000 so‘m chegirma + diplom
  • 3-o‘rin50 000 so‘m chegirma + diplom

BBS testga ro'yxatdan o'tish

Bepul sinov darsiga yoziling — admin qulay smena va guruhni tanlashga yordam beradi.