Ota-onalarga

Ota-onalarga

To'lov qoidalari, dars vaqtlari, dam olish kunlari va ko'p so'raladigan savollar — bir joyda.

To'lov qoidalari

  • Oylik to‘lov har oyning 10-sanasigacha amalga oshiriladi (masalan, noyabr uchun 10-noyabrgacha).
  • 10-sanagacha to‘laganlar 50 000 dan 200 000 so‘mgacha chegirma yutib olish imkoniyatiga ega.
  • Qarzdorlik yopilguncha o‘quvchi darslardan vaqtincha chetlashtiriladi.
  • BBS test to‘lovi har oyning 15-sanasigacha mas’ul shaxsga topshiriladi.
  • Ikkinchi fanga yozilganda va aksiya kunlarida chegirmalar; ustozlar farzandlariga 50%.
  • Milliy sertifikat A/A+ — imtihon xarajati 100%, B+ — 50% qaytariladi.

Dars vaqtlari

Darslar har kuni 2 smenada: maktabga ertalab boradigan o'quvchilar tushdan keyin, maktabga tushdan keyin boradiganlar ertalab o'qiydi. Ertalabki guruhlar 06:00–07:00 dan, kechki guruhlar 18:00 gacha. Yakshanba kunlari BBS test va qo'shimcha darslar bo'lishi mumkin.

Ota-onalar Telegram guruhi

E'lonlar, test natijalari, safar xabarlari va to'lov eslatmalari guruhda birinchi bo'lib chiqadi.

Guruhga qo'shilish

Ko'p so'raladigan savollar

Darslar qachon bo‘ladi?

Har kuni, 2 smenada: maktabga ertalab boradiganlar — tushdan keyin, tushdan keyin boradiganlar — ertalab. Ba’zi guruhlar 06:00–07:00 dan boshlanadi.

Dam olish kunlari bormi?

Davlat bayramlari (1-oktabr, Navro‘z 21–22 mart, hayitlar, 31-avgust–1-sentabr, 30-dekabr–3-yanvar). 8-mart va 9-may kabi kunlarda darslar davom etadi.

Sinov darsi bepulmi?

Ha. Ko‘p yo‘nalishlarda dastlabki 1–3 dars bepul, maktabgacha guruhlarda birinchi dars bepul.

Farzandim natijasini qayerdan ko‘raman?

BBS va ichki test natijalari e’lonlar taxtasi va Telegram kanalida; tez orada ota-onalar uchun shaxsiy kabinet ishga tushadi.

Uy vazifasi nazorati qanday?

Bajarilmagan vazifa haqida ota-onaga xabar beriladi; mavzu qayta ishlanadi. Natija ustoz + o‘quvchi + ota-ona hamkorligiga bog‘liq.

Olimpiada safari xavfsizmi?

Bolalar ustozlar hamrohligida, bolalar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarda; ota-onalar Telegram orqali jonli xabar oladi.

Farzandingiz uchun to'g'ri qadamni bugun tashlang

Bepul sinov darsiga yoziling — admin qulay smena va guruhni tanlashga yordam beradi.