Markaz haqida

Markaz haqida

Ustozlari qadrlanadigan, o'quvchilari g'olib bo'ladigan maskan — 2024-yildan Rishtonda.

Zumrad Academy

Bizning hikoya

Zumrad Academy 2024-yil 18-avgustda Rishton shahrining markazida ochildi. Markaz nomi asoschining onasi — Zumradxon hoji ona nomiga qo'yilgan: "onalar kabi mehribon, farzandi uchun qayg'uradigan maskan bo'lsin" degan niyat bilan.

10 yildan ortiq tajribaga ega jamoa yangi nom va yangi joyda ish boshladi. Birinchi yilning o'zida 700 dan ortiq o'quvchi, Rishtonda birinchi xalqaro olimpiada saralashi va O'shdagi birinchi medallar. 2025-yilda davlat litsenziyasi, Dubay va Istanbul olimpiadalari, 1000+ o'quvchi.

Bugun markazda elektron doskali sinflar, VR darslar, coworking va kutubxona bor. Asosiy tamoyil — nazorat va natija: har hafta ichki test, har oy BBS, har natija ota-onaga ko'rinadigan.

Asoschi

Bahodirjon Sodiqov

Bahodirjon Sodiqov — matematika va fizika ustozi, magistr, 10+ yillik pedagogik tajriba, Prezident maktabi tayyorlovida 4+ yil, "Kids / Majburiy / Umumiy matematika" kitoblari muallifi. BBS va ichki test tizimining muallifi, darslarni shaxsan nazorat qiladi.

Rasmiy ma'lumot

"ZUMRAD ACADEMY" mas'uliyati cheklangan jamiyati. Maktabdan tashqari ta'lim faoliyati bo'yicha Tasdiqnoma № 105 (O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi). Rishton tumanida birinchilardan bo'lib rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritadi.

Yo'limiz

  1. Avgust 2024

    Ochilish

    18-avgustda Rishton markazida tantanali ochilish. 10+ yillik tajribali jamoa yangi nom bilan.

  2. Sentabr 2024

    Birinchi BBS

    Bilimlarni Baholash Sinovi an’anasi boshlandi; barcha fanlardan guruhlar.

  3. Noyabr 2024

    Xalqaro olimpiada

    Rishtonda birinchi saralash — 1000+ o‘quvchi. Dekabrda O‘shda birinchi medallar.

  4. Avgust 2025

    1 yosh

    700+ o‘quvchi, 25+ xodim, oliy ta’limga kirish 90%. Konsert va ochiq eshiklar kuni.

  5. Sentabr 2025

    Litsenziya va hamkorlar

    Davlat litsenziyasi (Rishtonda birinchilardan), Turkiya va Germaniya hamkorlari bilan shartnomalar.

  6. Dekabr 2025

    Dubay va 1000+

    Dubay olimpiadasida barcha ishtirokchilar oltin; o‘quvchilar soni 1000 dan oshdi.

  7. Aprel 2026

    Future Class

    Rishtonda birinchi VR darslar, zamonaviy kutubxona, coworking.

  8. Oktabr 2026

    Yangi tizim

    O‘quv dasturi, BBS va nazorat tizimi tubdan yangilandi; MOC testlar, Zumrad pullari, auksion.

Sharoitlar

  • Elektron doskali sinflar

    Barcha xonalarda interaktiv doska va zamonaviy partalar.

  • Future Class — VR

    Matematika, geografiya, biologiya va ingliz tili VR ko‘zoynaklarda.

  • Coworking va support teacher

    Mustaqil ishlash zonasi, yordamchi ustozlar bilan individual mashg‘ulot.

  • Kutubxona

    Kema, IDC va Bahodirjon Sodiqov kitoblari — bepul foydalanish.

  • IT xona va kompyuterlar

    Dasturlash va kompyuter savodxonligi uchun jihozlangan xona.

  • Xavfsizlik va qulaylik

    Kuzatuv tizimi, markaziy joylashuv, Davlat xizmatlari markazi binosi.

Elektron doskali sinflar
Coworking zona
Ingliz tili darsi
Prezident maktabiga ekskursiya
Yilning eng yaxshi ustozi

Hamkorlar

Kinder SchoolAvangard (KG)Westen SchoolMurodov AcademyPM TestlariAl-Xorazmiy o‘quv markaziNEOTECHFarg‘ona davlat universiteti

Farzandingiz uchun to'g'ri qadamni bugun tashlang

Bepul sinov darsiga yoziling — admin qulay smena va guruhni tanlashga yordam beradi.